Nechun kelmading...??? Seni kutdim, kutdim ko’p uzoq Yo’llaringga ko’zlarim mushtoq Kelishingdan aylabon ogoh Bevafo yor nechun kelmading?
Yuragimni qilding ming pora Nechun ko’ngling bo’ldi qop-qora Topildimi sevgiga chora Bevafo yor nechun kelmading?
Va’dangga sen vafo qilmading Senga bo’lgan sevgim bilmading Yuragimni yondirib o’tda Bevafo yor nechun kelmading?
Yuragingda bormi o’zga yor U bo’larmi senga vafodor? Qora tunlar o’tdiku bedor Bevafo yor nechun kelmading?
Kutib, kutib toldi ko’zlarim Armon bo’lib qoldi soz’larim Pinhon yotar dilda bo’zlarim Bevafo yor nechun kelmading
|