Eslab o'tgan damlarimni,
Shirin xotiralarni,
Qanday qilib unutay
Birga bulgan onlarni.
Osmondagi yulduzlar,
Xatto esar shamollar,
Eslatib visolingni
Nega meni azoblar.
Engningdagi oq libos
Ko'zlaringdagi bu yosh,
Qildiku meni ado
Qalbinda eding tanho,
Senga tilayman faqat,
Dunyodagi ezgu baxt.
Xayolimdan ketmaydi,
Aqlimga hech sig'maydi,
Yor-yor degan sadolar
Yuragimni yaralar.
Mayli o'tsin fasllar,
Mayli o'tsin asrlar,
Bo'lmading sen meniki,
Afsus bo'lding sen uniki.
Iltimos yagonam,
Ko'rmay ko'zlaringda nam,
Chunki seni sevaman
Bunga bardosh bermayman.
Engningdagi oq libos,
Ko'zlaringdagi bu yosh,
Qildiku meni ado,
Qalbimda eding tanho.
Senga tilayman faqat,
Dunyodagi ezgu baxt!!!
|